platina.uz
Iqtisod

Inflyatsiya darajasi ortib, narxlar yana oshishidan xavotirlar kuchaymoqda

Markaziy bank inflyatsion kutilmalarni eʼlon qildi.

Inflyatsiya darajasi ortib, narxlar yana oshishidan xavotirlar kuchaymoqda

Markaziy bank inflyatsion kutilmalarni eʼlon qildi. Davlat moliya regulyatorining maʼlumotlariga koʻra, tadbirkorlar va aholining kommunal xizmatlar qimmatlashuvidan xavotir darajasi ortgan.

Oʻtgan oyda jami 1971 ta respondent oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, aholining inflyatsiya boʻyicha yillik kutilmalari 1,2 (foiz) bandga koʻtarilib, 14 foizni tashkil etgan.

Viloyatlar kesimida olinadigan boʻlsa, aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahri (17,2 foiz) va Buxoro viloyatida (15,7 foiz) qayd etilgan boʻlib, eng past – 10,2 foiz koʻrsatkich Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Jizzax viloyatida (12,4 foiz) kuzatilgan.

Respondentlar kelajakda narxlar koʻtarilishiga avvalo kommunal xizmat narxlarining ortishi (55 foiz), valyuta kursining oʻzgarishi (55 foiz), monopoliya va narxlarning sunʼiy oshirilishi (29 foiz), transport xarajatlarining oshishi (28 foiz) kabi omillar taʼsir qiladi, degan fikr bildirgan.

Soʻrovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma qurilish (15,1 foiz) sohasida ishlovchilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani talabalar koʻrsatgan. Tadbirkorlik subʼektlari orasida eng tushkun kutilma AT va OAV (16) sohasiga, eng nekbin kutilma esa turizm (11,3) sohasiga oid boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid