platina.uz
Jamiyat

Soliq va turizm boʻyicha yengilliklar berildi

Prezident 13 may kuni ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi.

Soliq va turizm boʻyicha yengilliklar berildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:

  • zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha ozod qilinadi.
  • kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi xizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvargacha foyda soligʻidan ozod qilinadi.

"Turizm toʻgʻrisida"gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid