platina.uz
Jamiyat

Nukusda koʻzi ojizlar kutubxonasiga ajratilgan pullar talon-toroj qilindi

Jami 530,4 mln. soʻmlik ishlar bajarilmagan boʻlsada, qoʻshib yozib yuborilgan. 

Nukusda koʻzi ojizlar kutubxonasiga ajratilgan pullar talon-toroj qilindi

Nukusda koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi uchun ajratilgan mablagʻlar talon-toroj qilindi. Aytilishicha, Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Toʻxtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpogʻistonda nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ularning taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlar ahvoli oʻrganilgan.

Ushbu maxsus kutubxona maʼmuriy binosini yangidan qurish va jihozlash boʻyicha amalga oshirilgan qiymati 10,4 mlrd. soʻmlik pudrat ishlari oʻrganilib, jami 530,4 mln. soʻmlik ishlar haqiqatda bajarilmagan boʻlsada, hisobotlarga qoʻshib yozish yoʻli bilan byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlandi.

Kutubxonani jihozlash maqsadida ajratilgan 2 ta “brayl” printeri uchun 90 mln. soʻm va 1 ta ovoz yozish studiyasi uchun 50 mln. soʻm mablagʻlar ham oʻzlashtirib yuborilgani oqibatida koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni qoraqalpoq tilida zarur adabiyot va audio materiallar bilan taʼminlash imkoni cheklangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilib, yetkazilgan zararni qoplash choralari koʻrilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid