Toshkent supermarketlarida bodring, piyoz va kartoshka arzonlashdi
Oʻtgan oyga nisbatan banan eng koʻp qimmatlagan. Banan narxining qisqa muddatli oʻsishi vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning oʻzgarishi bilan bogʻliq.

Toshkent supermarketlarida qaysi mahsulotlar qimmatlashgani maʼlum boʻldi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024 yilning may oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishini koʻrib chiqdi.
Monitoring natijalari 10 xil mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganligini koʻrsatdi. Shunday qilib, bodringning narxi 49,0 foiz, sariq piyozning narxi 24,5 foiz, kartoshkaning narxi 16,9 foiz, olmaning narxi 16,7 foiz, karamning narxi 14,6 foiz, tuxumning narxi 11,7 foiz, qizil sabzining narxi 8,3 foiz, pomidorning narxi 6,3 foiz, tovuq goʻshtining (file) narxi 4,9 foiz, shakarning narxi 3,6 foiz pasaygan.
6 nomdagi mahsulotlarning eng past narxi oʻzgarishsiz qolgan. Bular: guruch, grechka, makaron, sut, margarin, kungaboqar yogʻi.
5 nomdagi mahsulotlar narxi oshgan. Narxining oshishi boʻyicha banan yetakchi boʻldi.Banan narxining qisqa muddatli oʻsishi vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning oʻzgarishi bilan bogʻliq.
Ushbu tahlil 4 aprel va 2 may kunlari oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida qilindi.