platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok boʻldi

Haydovchi va uning turmush oʻrtogʻi voqea joyida qurbon boʻlgan. Yana uch kishi shifoxonada jon bergan. 

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok boʻldi

Surxondaryoda Tracker haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida YTHga uchradi. Oqibatda besh kishi halok boʻlgan. Hodisa 2024 yil 12 may kuni, soat 10:30 lar atrofida sodir boʻlgan.

Eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Tracker yoʻl chetida toʻxtab turgan ZIL yuk avtomobiliga borib urilgan.

Hodisaning birlamchi sababi sifatida Tracker haydovchisining boshqaruvni yoʻqotishi sifatida keltirilgan. Haydovchi va uning turmush oʻrtogʻi voqea joyida, uch yoʻlovchi esa shifoxonada olamdan oʻtdi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Sariosiyodagi YTHda haydovchi va uning ikki farzandi vafot etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid