Putin mudofaa vazirini ishdan olishga qaror qildi
Sergey Shoygu 2012 yildan buyon bu lavozimda ishlayotgan edi. Uning oʻrnini Andrey Belousov egallamoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguni lavozimdan olishga qaror qildi.
Shoyguning oʻrniga u Federatsiya Kengashiga hukumat rahbarining birinchi oʻrinbosari Andrey Belousov nomzodini taqdim etdi va Putin farmoni bilan Sergey Shoygu Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi.
Kreml matbuot xizmati xabariga koʻra, Putin "Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi toʻgʻrisida"gi farmonni imzolagan, unga koʻra Shoygu Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.
Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Eslatib oʻtamiz, Shoygu 2012 yildan buyon Rossiya mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Belousov esa avval bosh vazir oʻrinbosari, Rossiya prezidenti yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan.
Yana bir farmon "Patrushev N.P. toʻgʻrisida" deya nomlanadi. Putin Nikolay Patrushevni "boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan" Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan ozod qildi.




