platina.uz
Jahon

Gruziya parlamenti "xorijiy agentlar" toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi

Loyihani koʻrib chiqishga bir daqiqa ham ketmagan.

Gruziya parlamenti "xorijiy agentlar" toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi

Bugun, 13 may kuni Gruziya parlamenti “Xorijiy taʼsirning shaffofligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi ushbu qonun loyihasini uchinchi - oxirgi oʻqishda maʼqulladi.

Shu oyning birinchi kunida esa parlament ushbu munozarali qonunni ikkinchi oʻqishda tasdiqlagan edi.

Gruziya parlamentining huquqiy masalalar boʻyicha qoʻmitasi «xorijiy agentlar» toʻgʻrisidagi qonun loyihasini uchinchi oʻqishda maʼqulladi. Loyihani koʻrib chiqishga bir daqiqa ham ketmagan.

Qoʻmita raisi Anri Oxanashvili «Hech kimda savola, izoh va fikrlar yoʻqmi?” — deb soʻragan xolos. Qoʻmita raisi oʻz savoliga darrov oʻzi javob berib: «Savollar, eʼtirozlar, takliflar yoʻq” degan.

Muxolif siyosiy fraksiya deputati Xatiya Dekanoidzening aytishicha, muxolifat ushbu yigʻilishda ishtirok eta olmagan. «Majlis 1 daqiqayu, 7 sonyai davom etgan. Bu shubhasiz, kurakda turmaydigan, sharmandali va nolegetim majlis boʻldi, unda hatto koʻpchilik fraksiyalar ham qoʻyilmadi. Goʻyoki legitimlikni taʼminlash uchun faqat qoʻmita raisi Oxanashvili va bir necha deputat qatnashdi xolos. Bu majlis legitim boʻlmadi”, — degan deputat Dekanoidze.

Politsiya norozilik namoyishchilari ishtirokchilarini parlamentga yaqin borishga yoʻl qoʻymagan va bino atrofidagi koʻchalarni yopib qoʻygan. Gruziya IIV maʼlumotlariga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgani uchun 20 kishi, shu jumladan, 3 nafar xorijiy fuqaro qoʻlga olingan.

“Xorijiy taʼsirning shaffofligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kirsa, daromadining 20 foizdan koʻprogʻi xorijdan moliyalashtiriladigan nohukumat tashkilotlarni “xorijiy taʼsir ostidagi agent” sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab qilinadi.

Taʼkidlash kerak, shunga oʻxshash qonun (121-Federal Qonun) 2012 yil 20 iyulda Rossiya Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan boʻlib, u “Notijorat tashkilotlar haqida”gi qonunga ayrim tuzatishlar kiritgan. Tuzatishlarag koʻra, “xorijiy agentlar” Rossiya Adliya vazirligida maxsus roʻyxatdan oʻtishi va OAPVlarda material eʼlon qilsa, “Material xorijiy agent tomonidan chop etildi” degan izoh qoʻshgan holda oʻz maqomini koʻrsatishga majbur.

2017 yil 25 noyabrda esa Rossiyada OAVlarni ham shunday maqom bilan “siylashga” qaror qilishdi (327-Federal Qonun). Faqat bu gal OAVlarga urgʻu berildi. 327-qonunga koʻra, Rossiya Adliya vazirligi xorijiy shaxslar yoki tashkilotlar tomonidagn bevosita yoki Rossiya yuridik shaxslari vositasida moliyalashtiriladigan yoki mol-mulk oladigan har qanday OAVni “xorijiy agent OAV” deb eʼlon qilishi mumkin. Bunday “xorijiy agentlar” ular zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarga koʻra, notijorat-xorijiy agentlarga tenglashtirilgan.

Shuningdek, 2024 yil 2 aprel kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekkan edi. Qirgʻizistondagi turli notijorat tashkilotlar hamda xalqaro huquqbon tashkilotlar bunga qarshi chiqishgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid