platina.uz
Jamiyat

Pedagoglarga ustama belgilash uchun asos boʻladigan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qoʻyildi

Qaror loyihasi yuzasidan muhokamalar, taklif va izohlar joriy yilning 22 may kuniga qadar qabul qilinadi.

Pedagoglarga ustama belgilash uchun asos boʻladigan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qoʻyildi

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qoʻyildi.

Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi Regulation.gov.uz saytida xalq muhokamasiga qoʻyildi.

Loyihada xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati ilova qilingan.

Mazkur qaror oliy taʼlim hamda oʻrta umumiy va maxsus taʼlim muassasalarida dars beruvchi pedagog xodimlarga xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasiga qarab ustama belgilashda inobatga olinuvchi sertifikatlar borasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf etishi mumkin.

Biroq, loyihaga qoʻshimcha qilingan izohda taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmasligi koʻrsatilgan va bu munozalarga sabab boʻlishi mumkin.

Shuningdek, amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qoʻllanilashi taʼkidlangan.

Bundan tashqari, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllanilishi qayd etilgan.

Qaror loyihasi yuzasidan muhokamalar, taklif va izohlar joriy yilning 22 may kuniga qadar qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid