Nodir Abdusattorov Magnus Karlsenni yana magʻlub etdi
Polshada shaxmat boʻyicha Superbet Poland 2024 musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yana bir bor Magnus Karlsenni magʻlub etdi.
Polshadagi Superbet Poland 2024 turnirida farzinni boy berib qoʻyganidan keyin norvegiyalik grossmeysterning asablari dosh bermadi.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yilda Abdusattorov Tata Steel Chess-2023 turnirida jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan gʻalaba qozongandi.