platina.uz
Jamiyat

Iyun oyidan zoʻravonlikdan jabrlanganlar uchun yangi tizim joriy etiladi

Jabrlanganlarga uchun shoshilinch qabul boʻlimlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalari tashkil etiladi. 

Iyun oyidan zoʻravonlikdan jabrlanganlar uchun yangi tizim joriy etiladi

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-175-son, 10.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etiladi.

2024 yil 1 iyundan:

- tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida boʻlgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar koʻrsatish tartibi joriy etiladi;

- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida roʻyxatga olinadi;

- tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

- xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkaziladi;

- profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;

- tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul boʻlimlariga joylashtiriladi;

- rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir maʼlumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

- tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida, shoshilinch qabul boʻlimlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalari tashkil etiladi:

- 2024 yil 1 iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;

- 2024 yil 1 oktabrdan respublikaning qolgan barcha hududlarida.

Birlamchi koʻmak xonalarida:

- jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zoʻravonlikka uchragan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtiriladi;

- shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam koʻrsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi toʻgʻrisida tahlillar oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, zoʻravon shaxslarning roʻyxatini tuzish boʻyicha loyiha davlat rahbariga taqdimot qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid