Inson hayotini bir necha yillarga qisqartiradigan mahsulotlar maʼlum boʻldi
Qayta ishlangan oziq-ovqatlar odatda toʻyingan yogʻlar yoki shakarni oʻz ichiga oladi. Ularda boʻyoqlar, emulsifikatorlar va stabilizatorlar ham mavjud.

Olimlar qaysi oziq-ovqatlar inson hayotini bir necha yillarga qisqartirish mumkinligini aytdilar, ular yogʻ va shakardan ham yomonroqdir.
Xorijiy tadqiqotchilar ratsionda yuqori darajada qayta ishlangan bir qator oziq-ovqatlarning mavjudligi salomatlik uchun jiddiy xavf tugʻdirishini tasdiqladilar. Bunday oziq-ovqatlar, muntazam ravishda isteʼmol qilinganda, saraton va yurak kasalliklarini rivojlanish ehtimolini oshiradi, hayoti yillarga qisqaradi.
Pronews.gr nashrining Garvard sogʻliqni saqlash maktabi epidemiologiya va ovqatlanish boʻlimi mutaxassislariga tayanib xabar berishicha, bevaqt oʻlim xavfi qayta ishlangan oziq-ovqatlar, shirin ichimliklar, sutli desertlar, saqlash muddati uzoq boʻlgan non mahsulotlarini muntazam isteʼmol qilish bilan bogʻliq.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, eng yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilganlar (kuniga oʻrtacha yetti porsiya) qayta ishlangan ovqat isteʼmol qilmaganlarga qaraganda erta oʻlim xavfi 4% ga yuqoridir.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, oʻta qayta ishlangan ovqatlar odatda toʻyingan yogʻlar yoki shakarni oʻz ichiga oladi. Koʻpincha bitta mahsulot ikkalasini ham oʻz ichiga oladi. Biroq, yogʻ va shakardan tashqari, bunday oziq-ovqat tarkibida boshqa qoʻshimchalar - boʻyoqlar, emulsifikatorlar, lazzat baxsh etuvchi va stabilizatorlar ham mavjud. Koʻpgina qoʻshimchalarning kombinatsiyasi oddiy shakar yoki yogʻdan koʻra yomonroqdir.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, bu oziq-ovqatlar semizlik, yurak kasalliklari, diabet va ichak saratoni xavfini oshiradi.
Taʼkidlanishicha, ish doirasida tadqiqotchilar 74 mingdan ortiq ayol va 40 mingga yaqin erkakning salomatlik koʻrsatkichlarini kuzatmoqda.
Mutaxassislar yana bir jihatga eʼtibor qaratishdi: yetarlicha ishlov berilmagan oziq-ovqat isteʼmol qilish yuqorida qayd etilgan oʻta qayta ishlangan oziq-ovqatlarning zararli taʼsirini bartaraf etishi mumkin. Biroq, ikkinchisidan voz kechganda, sogʻliq uchun xavflar sezilarli darajada kamayadi.