Putin bosh vazirni almashtirmaslikka qaror qildi
Prezident qasamyod qabul qilgach, hukumat tarkibi ham yangilanadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mixail Mishustinni bosh vazir lavozimida qoldirishga qaror qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Vladimir Putin 2024 yil 7 mayda Rossiya prezidenti etib qayta saylanganidan soʻng 2020 yil boshidan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgan Mixail Mishustinni bosh vazir etib qayta tayinlashga qaror qildi.
Rossiya agentliklari Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinga tayanib xabar berishicha, Putin juma kuni ertalab Mishustin nomzodini ilgari surgan. Davlat Dumasi allaqachon uni tasdiqlashga tayyor: kun tartibidagi ushbu masala boʻyicha uchrashuv mahalliy vaqt bilan kunduzi mahalliy vaqt bilan soat ikkiga rejalashtirilgan.
Mishustin 2020 yil yanvardan buyon bosh vazirlik lavozimini egallab keladi. Ungacha bu lavozimda Dmitriy Medvedev ishlagandi. Rossiya qonunlariga koʻra, prezident yangi saylanib, qasamyod qabul qilsa, bosh vazir boshchiligidagi hukumat isteʼfoga chiqadi. Shu jumladan, Mishustin hukumati ham 7 may kuni isteʼfo berib, vaqtincha vazifani bajaruvchi boʻlib turibdi.