platina.uz

Laym kasalligining paydo boʻlishi Pentagonning biologik laboratoriyalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin

Bu kasalliklar mukammal va koʻrinmas qurol hamda “kambagʻallar uchun yadro bombasi” deb atalgan.

Jahon
10-may, 20:45
Laym kasalligining paydo boʻlishi Pentagonning biologik laboratoriyalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin

“Laym kasalligi Amerika biologik laboratoriyalaridan kelib chiqqan boʻlishi mumkin”. Tibbiyot boʻyicha koʻplab ilmiy tadqiqotlar muallifi Kris Nyubi mashhur jurnalist Taker Karlson bilan suhbatida shunday fikrni oʻrtaga tashlagan.

"Laym kasalligi 1970-yillarning oʻrtalarida AQShda bioqurollar dasturi avjiga chiqmagunicha katta muammo hisoblanmas edi. Shundan keyin oʻsha uchta dahshatli kasallik - Laym artriti, “Rokki” qoyali togʻlar toshmali isitmasi, hamda “Babeziya” deb nomlangan parazit paydo boʻldi", - degan Kris Nyubi.

Olim bu kasalliklarni mukammal va koʻrinmas qurol hamda “kambagʻallar uchun yadro bombasi” deb atagan. Biroq, Nyubining soʻzlariga koʻra, aksiltaʼsir ham yuzaga kelishi mumkin. Chunki kanalar tashuvchi yangi mikroblarni yetishtirish kutilmagan salbiy oqibatlarga olib keladi.

Maʼlumot uchun, “Laym kasalligi” - bu Borrelia burgdorferi bakteriyasi qoʻzgʻatadigan yuqumli xastalik boʻlib, iksodid (yaylov) kanalari (lat. Ixodidae) orqali odamga oʻtishi mumkin. AQSh Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazlari (CDC) veb-saytidagi maʼlumotlarga koʻra, bu kasallik har yili mamlakatda 476 mingga yaqin odamni xastalantiradi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+