Yotoqxona muammosi 2027 yilgacha hal etilishi kutilmoqda
Oliy taʼlim vazirligi rasmiylari mazkur masala boʻyicha savolga javob qaytardi.

Oliy taʼlim vazirligi matbuot anjumanida Oʻzbekistonda talabalar uchun yotoqxonalar yetishmasligi boʻyicha savolga vazirlik tomonidan javob berildi.
"Toʻgʻri 2 yil avval talabalar turar joylari bilan bogʻliq muammolar boʻlgan. Bizda bu muammoning yechimi sifatida rejalar bor. Xususan, davlat dasturi (Oʻzbekistonni 2030 yilgacha rivojlantirish dasturi) boʻyicha ham rejamiz bor. Bu yil ham (agar adashmayotgan boʻlsam) davlat xususiy sherikchiligi asosida talabalar uchun 27 ming oʻrindan iborat turar joylar tayyorlanyapti. Bu boʻyicha muammo boʻladi deb oʻylamayman. Keyinroq mazkur yoʻnalish boʻyicha ham aniq maʼlumot beramiz"— Oliy taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev.
Ushbu masala yuzasidan vazir Qoʻngʻirotboy Sharipovning qoʻshimcha qilishicha, 2027 yilgacha yotoqxonaga boʻlgan ehtiyoj toʻliq qondiriladi, bu boʻyicha aniq rejalar bor.
Avvalroq vazirlik rasmiysi stipendiya oshishi boʻyicha savolga javob bergandi.