Toshkentda tarixiy surat rekord narxga sotildi
Undan tushgan mablagʻga onkologik bemor bolalar uchun yangi elektrokoagulyator sotib olinadi.

Toshkentda tarixiy surat rekord narx - 45 millon soʻmga sotildi. Bu haqda jurnalist Abror Zohidov maʼlum qildi.
100 ming soʻmga baholab, kimoshdiga qoʻyilgan surat 45 mln soʻmga sotildi.
U tadbirkor Bekzod Mamatqulov tomonidan xarid qilindi. Tushgan mablagʻ "Sen kuchlisan" loyihasi doirasida bolalar onkologiyasi shifoxonasiga zarur uskuna xarid qilish uchun yoʻnaltiriladi.
Nomaʼlum rassomning nomaʼlum kartinasi avaal ham bir necha marta auksionlarda sotilgan va qayta hadya etilgan. Oxirgi marta 2023 yilda “Erudit” ijodiy markazi tomonidan 8 mln soʻmga xarid qilindi va surat ularga butunlay topshirilgan. Ammo keyinchalik surat yana qayta hadya qilingan. Maʼlumotlarga koʻra, surat 62 yillik tarixga ega.