platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda turli maqsadlar uchun 13 milliard soʻmdan oshiq mablagʻ ajratildi

Jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga 5 milliard soʻmdan oshiq pul beriladi. 

Surxondaryoda turli maqsadlar uchun 13 milliard soʻmdan oshiq mablagʻ ajratildi

Surxondaryo viloyati byudjetining 2024 yil 1-chorak yakunlari boʻyicha shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish boʻyicha qaror eʼlon qilindi. Qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan qabul qilingan.

Unga koʻra, hukumat qarorlariga asosan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar 4 mlrd. 221 mln. soʻm, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajalariga 5 mlrd. 63 million soʻm, harbiy maʼmuriy sektorlari rivojlantirishga 800 million soʻm, boshqa xarajatlarga 2,5 mlrd. soʻm, davlat foydasiga musodara qilingan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan 357,1 mln., jami 13 mlrd. 25 mln. ajratiladi.

Jumladan, "Fuqarolar tashabbusi" jamgʻarmasiga 3 mlrd. 627 mln. soʻm ajratiladi. Viloyat hokimligi tadbirkorlikni infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga 415 mln.soʻm, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlariga 5 mlrd. soʻm (tumanlarda bogʻcha, maktab qurish, ichimlik suvi oʻtkazish va boshqa ehtiyojlar uchun) beriladi. Harbiy-maʼmuriy sektor uchun berilgan 800 mln. soʻm esa harbiy gospital va mudofaa boshqarmasi binosi uchun ajratiladi.

Boshqa xarajatlar (2,5 mlrd. soʻm) ayrim xodimlar, maoshlari, ehtiyojmandlarga yordam, xotin-qizlar toʻlov-kontrakti va boshqa toʻlovlar uchun sarflanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid