Shifokor qon bosimidan aziyat chekadiganlarda anor sharbati tavsiya qildi
Sharbat tarkibidagi moddalar, azot oksidi ishlab chiqarish orqali qon bosimini normallashtirish va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.

Parhezshunos Sara Bryuger gipertoniyadan aziyat chekadigan bemorlarni qon bosimini pasaytirish uchun anor sharbatini ichishga chaqirdi. Uning soʻzlarini Daily Mirror nashri keltirmoqda.
Bryugerning taʼkidlashicha, bu ichimlik antioksidant polifenollarga, jumladan, anor mevasi qobigʻida joylashgan punikalaginlar deb ataladigan noyob moddalarga juda boy. Diyetologning soʻzlariga koʻra, bu polifenollar tomirlarni kengaytiradi, devorlarining elastikligini oshiradi va qon oqimini yaxshilaydi.
Bularning barchasi qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, diyetolog anor sharbati C, E, K vitaminlari, shuningdek, foliy kislotasi, kaliy, magniy va antioksidant karotinoidlarga boy ekanligini taʼkidladi. Ushbu moddalar, shuningdek, azot oksidi ishlab chiqarish orqali qon bosimini normallashtirish va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi. Bryuger shuningdek, qondagi xolesterin darajasini pasaytirish uchun har kuni bir stakan anor sharbati ichishni maslahat berdi.