platina.uz
Jahon

Qirgʻiz-tojik chegarasida otishma sodir boʻldi

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyogʻidan yaralangan boʻlishi mumkin.

Qirgʻiz-tojik chegarasida otishma sodir boʻldi

Qirgʻiz-tojik chegarasida yana otishma sodir boʻlgani xabar berildi.

24.kg Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasiga asoslanib yozganidek, 7 may kuni tushdan keyin Batken viloyatining Oq-Bosogo qishlogʻi yaqinida Qirgʻiziston chegara xizmati Tojikiston fuqarolari Qirgʻiziston hududida chorva mollarini boqib yurgan 250 nafar choʻponni payqab qolgan. Choʻponlar mol boqayotgan hudud davlat chegara chizigʻidan 300 metrni tashkil etgan. Choʻponlar chegarachilarning hududni tark etish talabiga eʼtibor bermagan.

"Choʻponlardan biri chegarachi tomon bir necha marta oʻq uzgan, vaziyat keskinlashuvining oldini olish maqsadida Qirgʻiziston chegarachilari havoga ogohlantiruvchi oʻq uzgan, shundan soʻng choʻponlar Tojikiston hududiga qochib ketishgan", — deyiladi xabarda.

Chegarachilar jabrlanmagan. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyogʻidan yaralangan boʻlishi mumkin. Tomonlar chegara vakillarining uchrashuvi kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid