platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston fuqarolari Dehlida 5 kg. oltin bilan qoʻlga tushdi

Ayblanuvchilar yakshanba kuni Dubaydan uchib kelishgandan soʻng ushlangan.

Oʻzbekiston fuqarolari Dehlida 5 kg. oltin bilan qoʻlga tushdi

Ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi Dehli aeroportida bojxona xodimlari tomonidan 3,16 million rupiylik oltinni noqonuniy olib kirishga uringanlikda ayblanib qoʻlga olindi.

Ayblanuvchilar yakshanba kuni Dubaydan kelganlaridan keyin ushlangan.

"Yoʻlovchilarning shaxsiy buyumlari va bagajlarini koʻzdan kechirish chogʻida umumiy ogʻirligi 5 kg boʻlgan qizil rangli xaltaga yashirilgan 5 ta tilla quyma olindi", — deyiladi bojxona boshqarmasi xabarida.

Musodara qilingan oltinning tarif qiymati 3,16 million rupiyni tashkil etadi, deyiladi xabarda Oʻzbekistonliklar esa ayni damda qamab qoʻyilgan.

Yana bir holatda, koreyalik erkak 2,8 million rupiylik chet el valyutasini olib chiqib ketayotganlikda ayblanib hibsga olingan. Bangkokga joʻnab ketmoqchi boʻlgan ayblanuvchi yakshanba kuni bojxona xodimlari tomonidan ushlangan.

Yoʻlovchi va uning bagajini batafsil koʻzdan kechirish natijasida chet el valyutasi, yaʼni 2,8 million rupiyga teng 339 ming AQSh dollari olingan”, — deyiladi xabarda.

Avval Hindistonda oʻzbekistonlik ayolning jasadi topilgani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid