platina.uz
Jamiyat

Oʻqishga kirishda minimal oʻtish ballari oshiriladi

Taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tugatgandan soʻng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 

Oʻqishga kirishda minimal oʻtish ballari oshiriladi

Oʻqishga kirishda minimal oʻtish ballari miqdori oshirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vazirligi anjumanida maʼlumot berildi.

Oʻqishga kirish uchun minimal oʻtish balini 2 bosqichda oshirib, sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yoʻnalishlar uchun – 56,7 ball).

Davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi. Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlarga davlat buyurtmasini qisqartirib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi.

Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikat talabi quyidagicha oʻzgartiriladi:

- taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

- soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha sertifikat talabi bir pogʻona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yoʻnalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yoʻnalishlarida B2 darajada saqlanadi).

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda davlat granti boʻyicha yangi tizim joriy etilishi maʼlum qilingandi. Unga koʻra, grant yaxshi bahoga oʻqigan talabalar orasida taqsimlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid