platina.uz
Jamiyat

Vazir Andijon aeroporti qachon qayta ishga tushishini aytdi

Eslatib oʻtamiz, ushbu aeroport 2023 yil 1 apreldan taʼmirlash uchun yopilgandi.

Vazir Andijon aeroporti qachon qayta ishga tushishini aytdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Transport vaziri Ilhom Mahkamovga Andijon xalqaro aeroporti qachon qayta ishga tushishi boʻyicha savol berildi.

Vazirning aytishicha, bir yil muddatda aeroportda yangi uchish yoʻlagi va terminal qurilib, foydalanishga topshiriladi.

"Aeroportning uchish yoʻlagi yaroqsiz holatga kelgan. Rekonstruksiya ishlari boshlangan, 3 kilometr uzunlikdagi yoʻlak demontaj qilingan, u yangi beton qoplama bilan qoplanadi. Bir yil muddatga ishni bitirib, yangi holatda topshiramiz. Aytish kerakki, Andijon aeroportidan Fargʻona va Namangan aeroportlariga tekin avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan", deya javob berdi vazir.

Eslatib oʻtamiz, Andijon aeroporti 2023 yil 1 apreldan taʼmirlash uchun yopilgandi. Oʻshanda aeroport yil oxirigacha yopilishi maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid