platina.uz
Jamiyat

Ogʻir sharoitda ishlayotgan ishchilar oyligi qachon yaxshilanadi?

Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev ogʻir sharoitlarda ishlayotgan Qarshi nasos stansiyasi ishchilari maoshi boʻyicha vaziyatga izoh berib oʻtdi.

Ogʻir sharoitda ishlayotgan ishchilar oyligi qachon yaxshilanadi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev ogʻir sharoitlarda ishlayotgan Qarshi nasos stansiyasi ishchilari maoshi boʻyicha vaziyatga izoh berib oʻtdi.

Deputatlarga koʻra, Qarshi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasining nasos stansiyasida alohida ogʻir sharoitlarda ishlayotgan ishchilarning ish haqi va ustamalarini amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan qayta koʻrib chiqish masalasi hal etilmagan.

Vazir Hamroyevning izoh berishicha, mazkur stansiya vazirlik tizimidagi eng yirik tashkilotlardan biri sanaladi va jami xarajatning 25 foizdan ortigʻi ushbu inshootga ajratiladi.

"Prezidentimiz oʻtgan hafta mana shu masalada taqdimot bilan tanishdilar. Bugun farmon izolandi, bu OAVda endi tarqatiladi. Hujjatga asosan, ushbu nasos stansiyasida ham taʼminot va ustamalar yaxshilanadi. Biz mart oyida nasos stansiyasida ishlayotganlar, jumladan Turkmaniston hududiga oʻtib faoliyat olib borayotganlarda boshqalardan koʻproq maosh ajratdik. Maosh va ustamalarni yaxshilash boʻyicha vaʼdalar toʻliq bajariladi", deya maʼlum qildi Hamrayev.

Avvalroq Oliy Majlis yigʻilishida Transport vaziri Andijon aeroporti boʻyicha savolga javob qaytargandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid