platina.uz
Jamiyat

Samarqandda 4 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Zilzila shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi ayrim tumanlarda ham sezilgan. 

Samarqandda 4 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 06.05.2024 10:41 da (06.05.2024 yil, Grinvich boʻyicha 05:41 da) zilzila sodir boʻldi.

Epitsentr: Samarqand viloyati, Urgut tumani. Zilzila koordinatalari: 39,32 gradus shimoliy kenglik; 67,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 263 km janubiy-gʻarbda.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Urgut tumanida 2-3 ball, 29 km.
Toyloq tumanida 2 ball, 38 km.
Kitob tumanida 2 ball, 38 km.
Bulungʻur tumanida 2 ball, 45 km.
Shaxrisabz tumanida 2 ball, 47 km.
Samarqand tumanida 2 ball, 51 km.

Eslatib oʻtamiz, kecha 5 may kuni Namangan viloyati ham 3,7 magnitudali zilzila kuzatilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid