platina.uz
Siyosat

Prezident 9 mayda Moskvaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxtida oʻtadigan harbiy paradning faxriy mehmoni boʻladi.

Prezident 9 mayda Moskvaga boradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskvada oʻtadigan harbiy paradning faxriy mehmoni boʻladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, paradda Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi.

"Paradning faxriy mehmonlari sifatida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Tongloun Sisulit va Gvineya-Bisau Respublikasi Prezidenti Oumaru Sissoku Embalo qatnashadi", deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2023 yilgi paradda ham ishtirok etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid