platina.uz
Iqtisod

"Navoiyazot" va "Fargʻonaazot"ning ayrim yoʻnalishdagi monopoliyasi tugatildi

Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi mazkur masala boʻyicha tegishli buyruqlarni eʼlon qildi. 

"Navoiyazot" va "Fargʻonaazot"ning ayrim yoʻnalishdagi monopoliyasi tugatildi

Navoiyazot" va "Fargʻonaazot" kabi yirik korxonalarning ayrim yoʻnalishdagi monopoliyasi tugatildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarni huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi eʼlon qilgan buyruqlarda maʼlum qilingan.

Jumladan, birinchi buyruqqa koʻra, "formalin ishlab chiqarish va sotish hamda mineral oʻgʻitlarni ulgurji bazalarga yetkazib berish va ularni saqlash xizmatlari boʻyicha "Navoiyazot" AJning bozordagi ulushi 40 foizdan kamligi sababli ustun mavqeyini yoʻqotganligi eʼtirof etiladi".

Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan uch kunlik muddatda "Navoiyazot" AJga tegishli xabarnoma yuboradi.

Ikkinchi hujjatga koʻra, ammiakli selitra mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bozorida "Fargʻonaazot" AJning ulushi 40 foizdan kamni tashkil etganligi sababli ustun mavqeyini yoʻqotganligi eʼtirof etiladi. Karbamid mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bozoridagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etganligi sababli "Fargʻonaazot" AJ ustun mavqega ega deb eʼtirof etiladi.

Shuningdek, superfosfat mahsulotini ishlab chiqarish va sotish tovar bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etganligi sababli “Indorama Kokand fertilizers and chemicals” AJ va "Fargʻonaazot" AJlar shaxslar guruhi sifatida ustun mavqega ega deb eʼtirof etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid