platina.uz

Oʻzbekiston xalq baxshisi vafot etdi

Chori baxshi Umirov Sherobod dostonchilik maktabiga mansub yosh baxshilarga ustozlik qilgan. 

Madaniyat
4-may 2024 yil
Oʻzbekiston xalq baxshisi vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Chori baxshi yarim asrdan ziyod x Sherobod dostonchilik maktabiga mansub yosh baxshilarga oʻz ijodidagi dostonlarni oʻrgatib, ustozlik qilib kelmoqda edi, deyiladi vazirlik xabarida.

Chori baxshi Umirov 1938 yil 28 fevral kuni Qashqadaryoning Dehqonobodiga qarashli “Yetimquduq” qishlogʻida, baxshi shoir oilasida dunyoga kelgan. Chori baxshi otasidan oʻrgangan “Alpomish”, “Bolhuvon”, “Oyparcha”, “Avazxon”, “Sanamgavhar”, “Malla savdogar” dostonlarini mahorat bilan ijro etgan. Uning oʻzidan esa 21 ta doston yozib olingan. Baxshining oʻzbek dostonchiligidagi ulkan xizmatlari oʻn sakkiz ming misradan iborat. “Tarkibadahshon”, “Gʻoyibnoma yoki Goʻroʻgʻlining tugʻilishi” dostonlari ayniqsa mashhur. Baxshining “Sherali” dostoni 2019 yil Termizning “Surxon-nashr” nashriyotida chop etildi.

Koʻrsatgan xizmatlari uchun 2017 yilda Chori baxshi Umirovga "Oʻzbekiston Xalq baxshisi" unvoni berilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+