Namangan viloyati hokimi tumanlardan biriga 3,5 mlrd. soʻm ajratdi
Pul mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha jamgʻarma hisobidan ajratiladi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishi eʼlon qilindi. Unga koʻra, 3 mlrd. 561 mln. soʻmdan oshiqroq mablagʻ Uchqoʻrgʻon tumani uchun ajratiladi.
Mablagʻ viloyat hokimligi huzuridagi "Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarma" hisobidan ajratiladi. Hujjat mazmuniga koʻra, mazkur mablagʻlar jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer uchastkalari egalariga kompensatsiya toʻlash maqsadida sarflashini mumkin.
Uchqoʻrgʻon tumani hokimligi mazkur pullarni sarflash boʻyicha tegishli farmoyishlarni qabul qiladi.
Avvalroq yoʻllar va masjid taʼmiri uchun Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining qarori bilan jami 2,5 mlrd. soʻm ajratilishi belgilangandi.