platina.uz
Jahon

Braziliyada kuchli suv toshqinlari sabab 39 kishi halok boʻldi

Tabiiy ofat "soʻnggi 80 yildagi eng yomoni" deya baholangan. 

Braziliyada kuchli suv toshqinlari sabab 39 kishi halok boʻldi

Braziliya janubidagi Riu Grande-du-Sul shtatida kuchli suv toshqini oqibatida 39 kishi halok boʻldi, 68 kishi bedarak yoʻqoldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Rio-Grande-du-Sulda hafta boshidan beri kuchli yomgʻir davom etmoqda. Shu kungacha 350 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatdan jabr koʻrgan.

Shunday qilib, oʻn minglab mahalliy aholi oʻz uylarini tashlab, hozir vaqtinchalik boshpanalarda qoʻnim topgan.

Shtat markazi Portu-Alegreda juma kuni Patus koʻlining suv toʻsuvchi darvozalaridan biri yorilib, shahar shimolidagi hududlarni suv bosish xavfi ostida qoldirdi.

Braziliya Geologik xizmati maʼlumotlariga koʻra, toshqin 80 yildan koʻproq vaqt ichidagi eng yomoni boʻlib, bir qancha shaharlarda suv balandligi rekordlari taxminan 150 yildan beri eng yuqori darajaga etgan.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev ham aprel oyida mamlakatda yuz bergan toshqinlari "soʻnggi sakson yildagi eng yirik tabiiy ofat" deb atagandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid