Yaponiya yoshlari Osiyo chempioni boʻldi!
Oʻzbekiston musobaqa davomida eng koʻp gol urgan jamoaga aylandi – jami 14 ta gol.

Futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati finalida Oʻzbekiston terma jamoasi Yaponiyaga magʻlub boʻlib, qitʼada ikkinchi oʻrinni egalladi.
Yoshlarimiz musobaqa davomida biror marta magʻlubiyatga uchramadi va finalgacha oʻz darvozalaridan birorta gol ham oʻtkazmadi. Ular Osiyo kubogi doirasida eng koʻp gol urgan jamoaga aylandi – jami 14 ta gol.
Oʻyin mutlaqo teng kurashlar ostida oʻtdi. Har ikki jamoa ham finalga munosib ekanini koʻrsata olishdi. Uchrashuvning 90+1-daqiqasida omad yaponlarga kulib boqdi va Yamada hisobni ochdi. 100-daqiqada yaponlarga belgilangan penaltini Rahmonaliyev golga aylantira olmadi.
Shu tariqa oʻyin taqdirini yagona gol hal qildi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Iroq termasi Indoneziyani yutib, Parij olimpiadasi yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Osiyo kubogi, final
Yaponiya - Oʻzbekiston 1:0
Gol: Yamada 90+1