platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda bosh hisobchi soxta hujjatlar bilan katta pulni oʻzlashtirdi

Ayblanuvchi Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litsey bosh hisobchisi lavozimida ishlagan.

Surxondaryoda bosh hisobchi soxta hujjatlar bilan katta pulni oʻzlashtirdi

Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudidagi ochiq sud majlisida katta mablagʻni talon-toroj qilgan bosh hisobchiga nisbatan hukm oʻqildi. Sud hujjati Platina.uz tahririyatida mavjud.

Hujjatga koʻra, ayblanuvchi 2019 yil yanvar oyidan 2019 yil sentabr oyiga qadar Termiz davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litsey bosh hisobchisi lavozimida ishlagan. U mansabdor shaxs boʻla turib, oʻzidan oldin TerDU dagi 2-sonli Akademik litseyda ishlagan sobiq bosh hisobchi (marhum) P.Annayev bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, ushbu litseyning 14 nafar sobiq litsey xodimlari ishdan boʻshab ketgan boʻlsada, ularga maosh yozgan.

Sudlanuvchi UzASBO dasturi orqali soxta maʼlumotlar kiritish yoʻli bilan asossiz ravishda 14 kishining plastik kartochkasiga ish haqi mablagʻlari oʻtkazgan, jami 63 ta 203 mln. 752 ming 506 soʻm ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar ortiqcha hisoblab, majburiy ushlanmadan tashqari 177 mln. 264 ming 687 soʻm miqdordagi pullarni oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Sudlanuvchi sudda aybiga qisman iqrorlik bildirdi.

Hukmda aytilishicha, ayblanuvchining jinoiy harakatlari Oʻzbekiston Respulikasi JKning 209- moddasi 1-qismi va 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan toʻgʻri kvalifikatsiya qilingan.

Yakunda sudlanuvchi sobiq bosh hisobchiga uzil-kesil 2 (ikki) yil 6 (olti) oy muddatga davlat ishtirokidagi tashkilot, korxona, muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 (besh) yil 7 (yetti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi umumiy tartibli koloniyalarda oʻtalishi belgilandi. Bundan tashqari undan 177.264.687 soʻm zarar miqdori undirilishi maʼlum qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid