platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotgani boʻyicha xabarlar izohlandi

Tashqi mehnat migratsiya agentligi bu holatni inkor etib, Rossiya aeroportlaridagi ahvolni oʻrgandi. 

Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotgani boʻyicha xabarlar izohlandi

Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya hududiga qoʻyilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiya agentligi mazkur xabarga izoh berdi.

Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekistondan borayotgan muhojirlarning ushbu mamlakatga kirib chiqishi holatni oʻrganish maqsadida Moskva shahridagi "Vnukova", "Sheremetevo", "Domodedovo" aeroportlarining masʼul xodimlari bilan bogʻlanilib holatga aniqlik kiritilgan.

Aniqlanishicha, Moskva shahridagi mazkur aeroportlarda oʻzbekistonliklarning Rossiya hududiga qoʻyilmayotgani yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotgani aniqlangan.

“Bundan tashqari, avtomashinalar orqali Rossiya Federatsiyasiga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi "Ozinki", "Mashtakovo", "Sagarchin" bojxona chegara postlaridagi holatlar ham oʻrganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari biron-bir toʻsiqlarsiz Rossiya Federatsiyasi hududiga kirayotganligi maʼlum boʻldi”, deyiladi Tashqi mehnat migratsiya agentligining bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, avval Tojikiston TIV mamlakat fuqarolari Rossiyaga kirishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini eʼlon qilib, zarurat boʻlmasa RFga bormaslikni soʻragandi. Qirgʻiziston TIV ham shunday bayonot bilan chiqqan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid