Britaniya TIV: Ukraina ingliz qurollarini Rossiyada qoʻllashga haqli
Devid Kemron bundan tashqari Kiyevga har yil 3 milliard funt-sterling yordam vaʼda qildi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vazir Devid Kemeron payshanba kuni Kiyevga tashrif buyurib, Ukrainaga har yili uch milliard funt sterling (3,74 milliard dollar) vaʼda qildi. Shuningdek u Ukraina Rossiya hududida Britaniyadan olingan qurollardan foydalanish huquqiga ega ekanligini aytdi.
"Biz har yili kerakli vaqtga uch milliard funt sterling beramiz. Biz jihozlar va qurol-yarogʻlar boʻyicha qoʻlimizdan kelgan hamma narsani tayyorlab qoʻydik", — deya Kemeronning soʻzlarini keltiradi Reuters.
Britaniyadan olingan mablagʻlarni Rossiya hududida ishlatish masalasiga kelsak, bu, Kemeronning soʻzlariga koʻra, ukrainaliklar tomonidan hal qilinadi.
"Ukrainada bunday huquq bor. Rossiya Ukraina hududini nishonga olmoqda va Ukraina oʻz mudofaasini taʼminlash zarurligini his qilayotganini tushunish mumkin", — dedi Kemeron.
Kemeron Kiyevda prezident Vladimir Zelenskiy va Ukraina rahbariyatining boshqa aʼzolari bilan uchrashdi va xususan, Britaniyadan qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, jumladan, bombalar, zenit-raketalar va 100 ta mobil zenit-raketa guruhi uchun uskunalar yetkazib berilishini eʼlon qildi.