platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi Usmon musʼhafi restavratsiya qilinadi

Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva maʼlum qilgan. 

Toshkentdagi Usmon musʼhafi restavratsiya qilinadi

Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Usmon musʼhafi qoʻlyozmasini borib koʻrdi.

Prezident topshirigʻiga koʻra, Toshkentda YuNESKO tomonidan "Jahon Xotirasi" roʻyxatiga kiritilgan Usmon musʼhafi (Toshkent Qurʼoni) qadimiy qoʻlyozmasini konservatsiya va restavratsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

"Ushbu ezgu ishga oʻz hissasini qoʻshadigan barchaga minnatdorlik izhor etaman. Birgalikda biz muqaddas qoʻlyozmani kelajak avlod uchun saqlab qola olamiz" deya yozadi Mirziyoyeva.

Eslatib oʻtamiz, Usmon musʼhafi qadimiy qoʻlyozma sanaladi, uning yozilishi uchinchi xalifa Usmonga nisbat beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid