platina.uz

Taniqli aktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi

U "Vodillik kelin", "Olovli yoʻllar", "Otamdan qolgan dalalar", "Masxaraboz", “Umid” va boshqa filmlarda rol ijro etgan. 

Madaniyat
2-may 2024 yil
Taniqli aktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi xabar berdi. Xabarlarga koʻra, aktyorning oʻlimiga uzoq davom etgan xastalik sabab boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Mashrab Kimsanov "Vodillik kelin", "Olovli yoʻllar", "Otamdan qolgan dalalar", "Masxaraboz", “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, "Sehrli qalpoqcha", "Onaginam orzusi" kabi koʻplab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Shuningdek, ijodkor "Togʻlik kuyov" filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+