Mirziyoyev va Putin uchrashadi
Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinni qabul qildi.

Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinni qabul qildi.
Qayd etilishicha, tovar ayirboshlash barqaror surʼat bilan oʻsayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlarda muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda yuqori texnologiyalar, taʼlim, sport, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.




