platina.uz
Jahon

Xitoyda avtomobil yoʻli oʻpirilishi oqibatida 19 kishi halok boʻldi

Rasmiylarning fikricha, favqulodda holatga oʻtgan haftadagi kuchli jala sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Xitoyda avtomobil yoʻli oʻpirilishi oqibatida 19 kishi halok boʻldi

Xitoyda avtomobil yoʻlining qulashi oqibatida 19 kishi halok boʻldi.

Fojia bugun, 1 may kuni Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida yuz berdi. RIA "Novosti" Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib yozishicha, vayronalar ostida 18 ta mashina qolib ketgan.

Yana 30 kishi shifoxonada. Ularning hayoti xavf ostida emas.

Qulagan avtomobil yoʻlining uzunligi 17,9 metr, maydoni 184,3 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Rasmiylarning fikricha, favqulodda holatga oʻtgan haftadagi kuchli jala sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Qutqaruv operatsiyasida 500 dan ortiq odam ishtirok etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid