Buloqboshi tumaniga hokim tayinlandi
Avvalgi hokim Oʻtkirbek Maʼmurov Marhamat tumaniga rahbar boʻlgandi.
Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga Boʻtaxonov Furqatbek Tojimuhammadovich tayinlandi.
Furkatbek Boʻtaxonov 1985 yilda Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. 2013 yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida moliya, elektr taʼminoti, iqtisodiyot, investitsiya va aholi bandligini taʼminlash sohalarida gʻaznachi, hisobchi, boʻlim boshligʻi, bosh mutaxassis hamda tuman hokimi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Buloqboshi tuman sobiq hokimi Oʻtkirbek Maʼmurov Marhamat tumaniga hokim etib tayinlangandi.