Turkiyalik shifokorlar bemor bolalarni tekshiruvdan oʻtkazdi

"Sen kuchlisan" loyihasining navbatdagi xayriya tadbiri boʻlib oʻtdi.

Jamiyat
30-aprel, 18:10
Turkiyalik shifokorlar bemor bolalarni tekshiruvdan oʻtkazdi

Turli xayriya tadbirlari orqali koʻplab gematologik kasallikka chalingan bolajonlarni qoʻllab-quvvatlab, ularga xursandchilik ulashayotgan "Sen kuchlisan" loyihasining navbatdagi xayriya tadbiri boʻlib oʻtdi. Bu safar loyiha tashkilotchilariga Turkiyadagi Oʻzbekiston elchixonasi hamkorlik qildi.

Bugun Toshkentdagi Bolalar Milliy tibbiyot markazida gematologik kasalliklar bilan kasallangan 60 dan ortiq bolalar bepul  tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ularni koʻrikdan oʻtkazish uchun Turkiyadan (Antaliyaning Medical Park shifoxonasidan) malakali professor gematologlar tashrif buyurishdi.

Professor, doktor Vedat Uygun: "Bugun qabulimizda boʻlgan bemorlarning koʻpchiligi davolanishga jiddiy kirishgan hastalar. Biz ularga davolanishga jiddiy ahamiyat berishlarini, oʻzlarini yaxshi his qilgandan keyin koʻrikka kelmay qolmasliklarini, kasallik kutilmaganda qaytishi mumkinligini aytdik.Shuning uchun davolanish tugasa ham kamida 5 yilgacha ora orada doktor qabulida boʻlishlari kerakligini tayinladik.Ximyaterapiyani boshidan oʻtkazgan hastalarimizga infeksiya yomon taʼsir qiladi. Shuning uchun ular infeksiya qoidalariga amal qilishlarini, havosi toza joyda yashashlari, hamma ovqatniyam yemasliklari yoki koʻcha ovqatlarini yemasliklari kerak. Uyga mehmon qabul qilish ham toʻgʻri boʻlmaydi".

Loyiha asoschisi Marjona Nurmuhammedovaning aytishicha, Turkiyaning mazkur malakali mutaxassislari ilk bor Oʻzbekistonga loyiha tashkilotchilari tomonidan olib kelindi. Kelgusida ham jamoa xuddi shunday koʻriklarni doimiy ravishda davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+