NATO Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, NATO tomoni urush ehtimolini past baholasa ham, tayyorgarlikni boshlab yuborgan. 

Jahon
30-aprel, 15:10
NATO Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda

NATO tomoni Rossiyaning alyansga hujum qilish ehtimoli kam baholansada, urushga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

NATOdagi eng fundamental kelishmovchiliklardan biri bu alyansga aʼzo mamlakatlarning tahdidlar, jumladan, terrorizm va Rossiya harakatlariga nisbatan qarashlaridagi tafovutdir. Nashrning yozishicha, NATO strateglari yaqin kelajakda alyansga  "Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri bostirib kirishi" dargumon, deb hisoblamoqda, biroq ular urushga tayyorgarlik koʻra boshlagan.

Bundan tashqari, NATO mamlakatlaridagi baʼzi harbiy amaldorlar "Moskva bir necha yil ichida hujumni amalga oshirish uchun yetarli darajada kuchli boʻlishi mumkin", deya hisoblamoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, Rossiya Ukraina sharqidagi ssenariy kabi urush boshlashi ham mumkin. 

NATO joriy yilda 1988 yildan buyon ilk bor oʻzining "Qattiq himoyachi" deb nomlangan eng yirik mashgʻulotlarini oʻtkazishga qaror qildi. Ular fevraldan maygacha Yevropada boʻlib oʻtadi va ularda ittifoqchi mamlakatlardan 90 ming harbiy xizmatchi qatnashadi. Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev ushbu mashgʻulotlarda "Rossiya bilan qurolli toʻqnashuv ssenariysi ishlab chiqilayotganini" taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil noyabr oyida Chexiya prezidenti Petr Pavel NATO Rossiyani Yevropa uchun birinchi raqamli tahdid deb bilishini aytgandi. 2024 yil yanvar oyida esa alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya Federatsiyasidan hech qanday tahdid koʻrmayotganini aytdi. Fevral oyida Bild nashri nemis hukumati kutayotgan "Rossiyaning NATOga hujumi bosqichlari"ni eʼlon qildi, ulardan biri rus qoʻshinlarining Germaniya hududiga kirib kelishini oʻz ichiga oladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoyguning taʼkidlashicha, Rossiyada NATO davlatlariga hujum qilish rejasi yoʻq. Mamlakat prezidenti Vladimir Putin ham urush haqidagi gaplarni yolgʻon deya atagandi. 

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+