Isroil Gʻazodagi urushni tugatish masalasini koʻrib chiqmoqda
Isroilning sulh boʻyicha yangi taklifi Gʻazoda qolgan 130 dan ortiq garovga olinganlarni ozod qilishni talab qiladi.
Isroil rasmiylarining bildirishicha, mamlakat birinchi marta Gʻazo sektoridagi urushni HAMAS yoʻq qilinmagan taqdirda ham tugatish variantini koʻrib chiqmoqda, bunda garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuv imzolanishi kerak.
Yahudiy davlatining sulh boʻyicha yangi taklifi Gʻazoda qolgan 130 dan ortiq garovga olinganlarni ozod qilishni talab qiladi, buning evaziga Falastin anklavida "barqaror osoyishtalikni tiklash" masalasini muhokama qilish istagi bor, dedi Isroilning ikki rasmiysi Axios nashriga. Qariyb yetti oy davom etgan urushda ilk bor Falastin anklavini yoʻq qilmasdan, garovga olish kelishuvi doirasida mojaroga barham berish mumkin boʻladi.
Misr vositachilari oʻtgan hafta bayon qilgan rejaga koʻra, dastlabki uch haftalik sulh davomida 500 ga yaqin falastinlik mahbuslar ozodligi evaziga 20 nafar garovga olinganlar ozod qilinadi, deb yozadi Wall Street Journal.
Taklif etilayotgan kelishuv ayollar, kasal va qariyalar boʻlgan garovdagilarni ozod qilishga ustuvor ahamiyat qaratadi. Har ikki tomonning muzokaralarni davom ettirishiga imkon berish uchun almashinuvdan soʻng 10 haftalik sulh tuziladi. Garov almashish bilan bir qatorda, soʻnggi taklif koʻchirilgan falastinliklarga Gʻazo shimolidagi uylariga qaytishga imkon beradi, ularning aksariyati janglarda shikastlangan yoki vayron boʻlgan. Uylarning vayronalari ostida havo hujumlarida halok boʻlgan minglab odamlarning qoldiqlari boʻlishi mumkin.
Muzokaralar va Misrning kelishuvga erishishga intilishi Isroilning hozirda Gʻazoning eng gavjum shahri va 1 milliondan ortiq qochqinlar yashaydigan Rafahga kirishga tayyorgarlik koʻrayotgan paytiga toʻgʻri keldi. Rafah bilan chegaradosh boʻlgan Misr tomoni Isroil qoʻshinlari shaharga kirsa, "halokatli oqibatlar" boʻlishidan ogohlantirgan. Isroil allaqachon Rafahga bostirib kirish bir necha kunlik masala ekanligini aniq aytgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xamas nazoratidagi Gʻazo sektorida Isroil hujumlari oqibatida 34 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlgan, ularning uchdan ikki qismi bolalar va ayollardir.
Telegramda kuzatib boring!