platina.uz
Jamiyat

Haj ziyorati boʻyicha ogohlantirish eʼlon qilindi

Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda.

Haj ziyorati boʻyicha ogohlantirish eʼlon qilindi

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Haj ziyorati boʻyicha ogohlantirish bilan chiqdi. Aytilishicha, ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yoʻq.

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning ogohlantirishicha, Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun "Haj-2024" vizasi talab etiladi.

Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun haj ibodatini ado etishning asosiy sharti haj vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va b.lar) bilan haj tadbirini amalga oshirish Saudiya qonunchiligiga koʻra qatʼiyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.

Oʻzbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan.

Muborak safarlarga noqonuniy yoʻllar bilan borishga intilish 6 oy qamoq jazosi, Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100.000 saudiya riyoli (26.000 AQSh dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid