platina.uz
Madaniyat

Botir Qodirov va Joʻrayevlarga tiyilib turish tavsiya etildi

Avvalroq har ikkala tomon ham ijtimoiy tarmoqlar orqali turli chiqishlar qilib kelayotgan edi.

Botir Qodirov va Joʻrayevlarga tiyilib turish tavsiya etildi

Sudyalar oliy kengashi soʻnggi vaqtlarda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan xonanda Botir Qodirov va Joʻrayevlar ishi boʻyicha munosabat berdi va tomonlarni turli maʼlumot va bayonotlar berishdan tiyilishga chaqirdi.

Aytilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudida daʼvogar Botir Qodirovning Joʻrayevlarga nisbatan “otalik faktini belgilash”ga oid fuqarolik nizosi koʻrib chiqilmoqda.

Fuqarolik nizosi taniqli shaxslar oʻrtasida kechayotgani hamda marhum va mashhur inson hayoti bilan bogʻliqligi bois voqealar rivoji keng jamoatchilik tomonidan katta eʼtibor bilan kuzatilayotgani, ayni jarayonda ish boʻyicha taraflarning holatiga tushunish bilan munosabatda boʻlish mumkin. Biroq nizo sudlashish darajasiga yetib, protsessual jarayonlar davom etayotgan bir paytda taraflar (yoki ularning vakillari) tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Tarmoqlardagi muhokamalarda hali yakuniga yetmagan ish boʻyicha turli bashoratlarga berilishlar, suddan avval “qaror chiqarib qoʻyish” holatlari mavjud, eng yomoni, nizo sudda xolis va begʻaraz koʻrilishiga asossiz shubhalar ham bildirilmoqda. Bularning hammasi sudga nisbatan ijtimoiy bosim paydo qilayotganiga taʼkid shart emas.

"Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati, mavjud vaziyatdan kelib chiqib, ish boʻyicha taraflarni turli shakl va koʻrinishda bayonot berishdan tiyilishga, jurnalist va blogerlarni esa shaxsga oid maʼlumotlar hamda sud ishiga doir axborotlarni tarqatishdek nozik va hassos masalaga masʼuliyat bilan yondashishga chaqiradi" deyiladi bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Botir Qodirov nima sababdan Joʻrayevlarni sudga berishga qaror qilgani va otasiga munosabatini ochiqlagandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid