Andijonda yoʻllar va masjid taʼmiri uchun pul ajratildi
Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining qarori bilan jami 2,5 mlrd. soʻm ajratilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining ikki qarori bilan 2,5 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
Birinchi qarorga koʻra, 2 mlrd. soʻm mablagʻ tadbirkorlikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan "Sanoat XABI"ga olib boruvchi yoʻl uchun ajratiladi. Viloyat avtomobil yoʻllar boshqarmasi va "Andijon mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati" ajratilgan mablagʻlarni maqsadli va samarali sarflashni taʼminlaydi.
Bundan tashqari, yana bir qaror bilan "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUKka Andijon shahridagi Devonaboy masjidi qurilish rekonstruksiya xarajatlari uchun 500 million soʻm beriladi.
Avvalroq Buxoro hokimi Botir Zaripov bayram uchun yarim milliard soʻmdan oshiq ajratgani maʼlum boʻlgandi.