Oʻzbekiston amaldagi chempionni ham magʻlub etdi
Yoshlar terma jamoamiz hozircha nafaqat magʻlub boʻlmadi, balki birorta gol ham oʻtkazmay kelmoqda.

Bugun yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chorak final oʻyinida Oʻzbekiston termasi amaldagi chempion Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va gʻalaba qozondi.
Murosasiz oʻtgan oʻyinning birinchi boʻlimida Husayn Norchayev qoʻshib berilgan daqiqalarda hisobni chiroyli gol bilan ochib bergan boʻlsa, 84-daqiqada Umarali Rahmonaliyev hisobni 2:0 ga yetkazdi. Oʻyinning 71-daqiqasida saudiyalik Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
Endi terma jamoamiz 29 aprel kuni yarim finalda Indoneziyaga qarshi oʻynaydi.
Osiyo kubogi, chorak final
Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni 2:0
Gollar: Norchayev 45+2, Rahmonaliyev 84