platina.uz
Iqtisod

Naqd mablagʻning umumiy pul massasidagi ulushi kamaymoqda

Joriy yilning 3 oyi mobaynida muomalaga chiqarilgan naqd pul hajmi 3,0 trln. soʻmga kamaydi. Naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20,1 foizni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga pasaydi.

Naqd mablagʻning umumiy pul massasidagi ulushi kamaymoqda

Markaziy bank naqd pul muomalasi boʻyicha qisqacha sharhni taqdim etdi. Unga koʻra, 2024 yil yanvar-mart oylarida umumiy pul tushumlari 184 trln.soʻmni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 30 foizga oʻsgan. Muomalada naqd pul ulushi tushib bormoqda.

Umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2023 yil I-choragidagi 38 foizdan 2024 yil mos davrida 40 foizga oʻsishi kuzatildi. Cavdo va xizmatlar sohasi jami tushumlarida terminal tushumlari salmogʻi oʻtgan yil yanvar-mart oylaridagi 40 foizdan 44 foizga oshdi.

2024 yil yanvar-mart oyilarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 216 trln. soʻmni tashkil etgani holda, 2023 yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshdi. Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oʻsib, 109 trln. soʻmni tashkil qildi.

2024 yil yanvar-mart oylarida bank kartalariga 212 trln. soʻm mablagʻlar kirim qilingan. Bu koʻrsatkich 2023 yil mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. 2024 yil I-choragida bank kartalaridagi 48 trln. soʻm mablagʻlar naqdlashtirib olingan. 2023 yil yanvar-mart oylarida bank kartalarga kelib tushgan mablagʻlarning 24 foizi naqdlashtirib olingan boʻlsa (2022 yil yanvar-mart oylarida 28 foizni), bu koʻrsatkich 2024 yilda 23 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 3 oyi mobaynida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 3,0 trln. soʻmga kamayishi kuzatildi. 2024 yil 1 aprel holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20,1 foizni tashkil qilib oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foiz bandga pasaydi.

Eslatib oʻtamiz, 25 aprel kuni Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasiga oʻzgarishsiz qoldirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid