platina.uz
Jahon

HAMAS Isroil bilan uzoq yillik sulh shartini aytdi

Agar mustaqil Falastin davlati tuzilsa,  guruh harbiy qanotini tarqatib yuborishga tayyor. 

HAMAS Isroil bilan uzoq yillik sulh shartini aytdi

HAMAS Falastin davlatini yaratish sharti bilan Isroil bilan 5 yillik sulh tuzishga tayyorligini bildirdi.

HAMAS guruhi ikki davlat kelishuvi amalga oshirilsa, Isroil bilan besh yil yoki undan koʻproq muddatga sulh tuzishga tayyor, dedi guruhning siyosiy byurosi aʼzosi Xalil al-Hayya payshanba kuni Accociated Press nashriga bergan intervyusida.

Uning taʼkidlashicha, "Agar Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektorida toʻliq suveren Falastin davlati yaratilsa va xalqaro rezolyutsiyalarga muvofiq barcha falastinlik qochqinlar qaytarilsa", XAMAS sulhga rozi boʻladi, qurollarini tashlab, siyosiy partiyaga aylanadi.

Uning soʻzlariga koʻra, Isroil Gʻazo sektoridagi operatsiyalarda sezilarli muvaffaqiyatga erishmayapti, shuning uchun yagona variant – kelishuv ustida ishlash. Al-Hayyaning taʼkidlashicha, Isroilning Gʻazo sektoridagi Rafahda rejalashtirgan operatsiyasi XAMASni yoʻq qilishga yordam bermaydi.

Shuningdek, HAMASning yana bir sharti Isroil 1967 yilgi chegaralarga qaytishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid