platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston AQShning yana bir "qora roʻyxati"dan chiqarildi

Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat Oʻzbekiston va Turkmaniston ushbu roʻyxatda qolib kelayotgan edi.

Oʻzbekiston AQShning yana bir "qora roʻyxati"dan chiqarildi

Oʻzbekiston intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati boʻyicha AQSh savdo vakilligining 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar roʻyxatidan (qora roʻyxat) chiqarildi.

Adliya vazirligi xabariga koʻra, Oʻzbekiston 2000 yilda ushbu roʻyxatga kiritilgan boʻlib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”da qolayotgan edi.

Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha jiddiy muammolar mavjud ekanini koʻrsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida eʼtibor qaratiladi.

Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat Oʻzbekiston va Turkmaniston “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”da qolib kelayotgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid