Katta bayramlarni sahnalashtiruvchi rejissyor vafot etdi
Rejissyor Shamsiddin Qodirov 63 yoshida olamdan oʻtdi.

Rejissyor Shamsiddin Qodirov 63 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
U faoliyati davomida yuzga yaqin madaniy-maʼrifiy tadbirlar, Navroʻz xalq sayillari, Mustaqillik kuniga bagʻishlangan ommaviy bayram va konsert dasturlarini sahnalashtirib kelgan.
"Shamsiddin Qodirov madaniyat sohasidagi 37 yillik faoliyati davomida tomosha sanʼatining yangidan jonlanishi va rivojlanishiga munosib hissa qoʻshdi", deyiladi xabarda.