Oʻzbekiston ikki yirik davlat bilan iqtisodiy kelishuvga erishdi
Pokiston, Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni uch mamlakat oʻrtasida sarmoya va savdoni rivojlantirishga qaratilgan muhim hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Oʻzbekiston ikki yirik davlat bilan iqtisodiy kelishuvlarga erishdi.
Mazkur bitim mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirishi, mintaqadagi biznes va investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Pokiston, Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni uch mamlakat oʻrtasida sarmoya va savdoni rivojlantirishga qaratilgan muhim hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Xabarda aytilishicha, mazkur shartnoma iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishi, mintaqadagi biznes va investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Shartnomaga koʻra, Oʻzbekistonning Ansher Capital va Pokistonning K-Trade Securities kompaniyalari transchegaraviy investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.
Bundan tashqari, bu ikki yirik kompaniya investorlarga moliyaviy maslahat va korporativ moliya xizmatlarini koʻrsatish uchun yaqindan hamkorlik qiladi.
Hamkorlik bozorni kengaytirish va xorijiy sarmoyalarni, xususan, energetika, infratuzilma va qishloq xoʻjaligi kabi muhim tarmoqlarga jalb etishi kutilmoqda.
Ikkala firma ham Pokiston, Oʻzbekiston va Saudiya Arabistonidagi investorlar va treyderlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga moliya bozorida erkin harakat qilish uchun muhim koʻrsatmalar berish bilan shugʻullanadi.
Shartnoma, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi savdo hajmini oshirishi, iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishi va savdo aloqalarini mustahkamlashi mumkin.
Mazkur hamkorlik korxonalarga yangi bozorga kirish va investitsiyadan foydalanish imkonini berib ish oʻrinlari yaratadi va davlatlar oʻrtasida iqtisodiy oʻsishga yordam beradi.
Mazkur bitim Oʻzbekiston, Pokiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik va sarmoyalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarning soʻnggisi hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, uch mamlakat savdo va investitsiyani rivojlantirish uchun yaqindan hamkorlik qilib keladi va bu kelishuv ularning iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.