Ilon Mask yangi urush xavfidan ogohlantirdi
Tadbirkorga koʻra, Gʻarbning migratsiya siyosati boʻlajak fuqarolik urushiga zamin hozirlamoqda.
Taniqli milliarder, Tesla va Space X asoschisi Ilon Mask yangi urush xavfidan ogohlantirdi.
Gʻarb davlatlarida ertami kechmi fuqarolar urushi boshlanadi. Bu haqda Ilon Mask X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qilgan.
"Biz xohlaymizmi yoki yoʻqmi, baribir urush boshlanadi", deb yozadi tadbirkor kanadalik professor Gad Saadning maqolasiga izoh berar ekan. Unda olim Gʻarbda qabul qilingan migratsiya siyosati fuqarolik urushining boshlanishiga olib kelishini aytgandi.
Avvalroq Amerikaning The American Thinker jurnali norozilik kayfiyatlari nafaqat AQShga, balki butun kollektiv Gʻarbga ham yoyilganini yozgan edi.
Eslatib oʻtamiz, bir qancha vaqt dunyoning eng boy insoni sifatida koʻrib kelingan Mask milliarderlar reytingida pastlamoqda. Jumladan, u Mark Sukerbergdan ham ortda qolib, jahonda 4-oʻrinni egalladi. Birinchi pogʻonani fransiyalik Bernar Arno band etgan.
Telegramda kuzatib boring!